Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar?» — Prezidentga ko‘p qavatli uyga solingan surat yoqdi

«Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar?» — Prezidentga ko‘p qavatli uyga solingan surat yoqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun poytaxtdagi Yangihayot mahallasida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida «Do‘stlik» mahallasida bo‘lgan Prezidentning e’tiborini ko‘p qavatli uy devoriga chizilgan «Do‘stlik ramzi» surati tortdi.

Davlat rahbari mas’ullarga rasmni ko‘rsatib: «Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar? Shu rasm ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi», — dedi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bu turdagi murallar (devoriy suratlar) shaharda ko‘payayotganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring