Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega Trampni Rossiya qiziqtirmoqda?

Nega Trampni Rossiya qiziqtirmoqda?

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampga Ukrainaga qaraganda Rossiya ko‘proq narsani taklif qila oladi, deb yozdi Germaniyaning Spiegel nashri.

Maqolada ta’kidlanishicha, «Ukraina faqat Ukraina haqida gapirishi mumkin», Kreml esa — hamma narsani».

Rossiyaning Tramp bilan gaplashadigan (kelishadigan) mavzulari ko‘p: masalan, Xitoy va Yaqin Sharq yoki Arktika nefti va Eronning yadroviy dasturi. Qolaversa, Kreml doim o‘zining «siyosiy va tadbirkorlik uchun istiqbollarini» namoyon etishga intilib keladi, deyiladi maqolada.

Avvalroq Tramp jurnalistlar bilan muloqotda Rossiya Ukraina bo‘yicha «bitim»ga tayyorligini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring