Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Neksiya» 15 metrlik jarga quladi (foto)

«Neksiya» 15 metrlik jarga quladi (foto)

Foto: «Qashqadaryo.uz»

Dehqonobod tumanida harakatlanib kelayotgan «Neksiya» 15 metr chuqurlikdagi jarlikka quladi.

Dehqonobod tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, «Neksiya» boshqaruvida 19 yoshli haydovchi S.J. bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: «Nasafnews»

Viloyat YHXB tuman bo‘limi boshlig‘i Bahrom Nazarovning ma’lumot berishicha, voqea bugun, 5- sentyabr kuni soat taxminan 13:30 da M39 Almati—Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumanidan o‘tuvchi 1283-kilometrida sodir bo‘lgan.

Foto: «Nasafnews»

«Haydovchi bilan suhbatlashganimizda u tog‘asinikiga ketayotganda tobi qochib qolib, boshqaruvni yo‘qotgani va oqibatda voqea sodir bo‘lganini aytdi. Shunga qaramasdan haydovchini narkologiya ko‘rigidan o‘tkazganimizda, haydovchi xushyor holatda bo‘lgani, spirtli ichimlik iste’mol qilmagani ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda haydovchining ahvoli yaxshi», — deydi Bahrom Nazarov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring