Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu Xitoy va Qatarga jiddiy ayblov qo‘ydi

Netanyahu Xitoy va Qatarga jiddiy ayblov qo‘ydi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakat G‘azo sektoridagi urush tufayli iqtisodiy izolyasiya davriga kirayotganini aytdi.

Xususan, uning fikricha, Xitoy va Qatar Isroilning “qonuniyligiga hujum qilishga” tayyorlanmoqda. 

"Bir necha davlatlar tashkil qilayotgan qamaldan chiqish uchun bir qancha ishlarni qilishimiz kerak bo‘ladi. Ulardan biri Xitoy, ikkinchisi Qatar. Ular G‘arb dunyosi ijtimoiy tarmoqlarida Isroilning qonuniyligiga qarshi hujum uyushtirmoqda", - dedi Benyamin Netanyaxu AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida (videoyozuv Isroil hukumatining Youtube kanalida e’lon qilingan). 

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, dunyo bloklarga bo‘lingan va Isroil ularning hech biriga kirmaydi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘z salohiyatiga tayanib, Amerika qo‘llab-quvvatlashidan bahramand bo‘lib, izolyasiyadan chiqishga qodir. 

9-sentyabr kuni Isroil Qatar poytaxtiga zarba berdi. Maqsad Falastinning HAMAS harakatining bosh qarorgohi ekani aytildi. Bunga javoban Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarni tashkil qilish uchun barcha vositachilik harakatlarini to‘xtatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring