Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiya eshiklarni yopmoqdami? Hukumat migratsiya siyosatini kuchaytirishga qaror qildi

Niderlandiya eshiklarni yopmoqdami? Hukumat migratsiya siyosatini kuchaytirishga qaror qildi

Niderlandi hukumati migratsiya siyosatini kuchaytirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar to‘plamini qabul qilishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi Associated Press.

«Biz Niderlandiyani bu borada imkon qadar jozibali qilmoqchimiz», - deydi migratsiyaga qarshi kayfiyatdagi Ozodlik partiyasi a’zosi, boshpana va migratsiya vaziri Marjolein Faber.

Xususan, hukumat chegaralardagi tekshiruvlarni tiklashni, Niderlandiyada boshpana olgan shaxsning qarindoshlarining ham mamlakatga ko‘chib o‘tish imkoniyatlarini cheklashni xohlaydi; vaqtinchalik vizalar amal qilish muddatini qisqartirish, Suriyadagi zonalarning bir qismini - eng ko‘p muhojirlar keladigan hududni xavfsiz deb e’lon qilish, u yerdan kelgan odamlarga boshpana berish rad etilishi mumkin.

Tez orada chora-tadbirlar paketi tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etiladi. Takliflar Vazirlar Mahkamasining ma’qullashidan oldin hukumatning hukmron Ozodlik partiyasi rahbari Geert Vilders va boshqa partiya yetakchilari tashabbuslarni qanday amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Hokimiyat parlament ma’qullanishini talab qilmaydigan favqulodda choralarni qo‘llash yoki deputatlar roziligi bilan qonunlarni tezda qabul qilish o‘rtasida tanlov qilishi mumkin edi. Natijada Vazirlar Mahkamasi ikkinchi variantni tanlashga qaror qildi.

«Maqsad - migratsiya oqimini kamaytirish, migrantlarning chiqib ketishini tezlashtirish, bu yerda qolishga qonuniy asoslari bo‘lmaganlarni qaytarish shu orqali jamiyatga bosimni kamaytirish», - dedi Niderlandiya Bosh vaziri Dik Shof.

Niderlandiya qochqinlar kengashi bo‘lajak choralarni tanqid qildi. AP ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 12 oy ichida 18,1 million kishi istiqomat qiluvchi Niderlandiyadan 51,5 ming kishi boshpana so‘ragan.

Agentlikning eslatishicha, ayni damda Yevropada, jumladan, Germaniya va Fransiyada muhojirlarga nisbatan siyosat kuchaytirilmoqda. Sentyabr oyida Germaniya o‘zining barcha quruqlik chegaralarida nazorat joriy etilganini e’lon qildi. Tekshiruvlar Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Daniya bilan chegaralarda boshlandi. Ular kamida olti oy davom etadi. Bungacha Germaniya 2023 yilda Polsha, Chexiya, Avstriya va Shveysariya bilan chegaralarida nazoratni joriy qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring