Niderlandiyada besh vazir iste’foga chiqdi — ular Isroilga qarshi edi

Kaspar Veldkamp.
Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr hukumatning «Yangi jamoat shartnomasi» partiyasiga mansub qator a’zolari iste’fosini qabul qildi.
Ular G‘azo sektoridagi vaziyat og‘irlashgani uchun Isroilga qarshi qattiq choralar ko‘rish borasidagi urinishlari samara bermagani uchun iste’foga chiqishga qaror qilishgan.
Iste’foga chiqqanlar:
- Kaspar Veldkamp — Niderlandiya tashqi ishlar vaziri;
- Eddi van Xeyem — bosh vazir o‘rinbosari hamda ijtimoiy ishlar va bandlik vaziri;
- Yudit Autermark — ichki ishlar vaziri;
- Eppo Breyns — ta’lim, madaniyat va fan vaziri;
- Daniel Yansen — sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va sport vaziri.
Shuningdek, to‘rt nafar davlat kotibi lavozimidan ketgan.
Deutsche Welle xabariga ko‘ra, Isroilga qarshi qattiq choralar qo‘llash talabini ilgari surgan Kaspar Veldkamp o‘z taklifi aksariyat tomonidan qo‘llanmagach, iste’foga chiqishga qaror qilgan va partiyadoshlari ham unga ergashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter