Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiyaning 3 karra chempioni 30 yoshga kirmay vafot etdi

Niderlandiyaning 3 karra chempioni 30 yoshga kirmay vafot etdi

«Ayaks» futbol jamoasining sobiq futbolchisi Jodi Lukoki bugun, 9 may kuni 29 yoshida vafot etgan.

Kongo demokratik respublikasi terma jamoasi a’zosi o‘limining sabablari ochiqlanmagan. Uning so‘nggi jamoasi «Tvente» edi. O‘tgan yili yozda bu klubga o‘tgan, ammo jarohati sababli hozirgacha davolanayotgan edi.

2022 yil fevralda «Tvente» Lukoki bilan shartnomasini bekor qilgan, bunga sabab sifatida futbolchi o‘z qizini urgani ko‘rsatilgan.

Lukoki «Ayaks» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, bu jamoa tarkibida 3 karra mamlakat chempioni bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring