Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Agrobank»ning yana bir filiali rahbarining qilmishlari fosh etildi

«Agrobank»ning yana bir filiali rahbarining qilmishlari fosh etildi

ATB «Agrobank» Mirzaobod filiali boshqaruvchisi A.G.ning (endilikda sobiq) qator qilmishlari fosh bo‘ldi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mahkama huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda A.G. «T.P» fermer xo‘jaligi rahbarining xabardorligisiz uning nomidan 17,6 mln. so‘m mablag‘larni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yekt hisob raqamiga o‘tkazib yuborgani, shuningdek, yana bir fermerning kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun to‘langan 17 mln. so‘m naqd pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani aniqlandi.

Bu hali hammasi emas. A.G. 3 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektga (ularning xabardorligisiz) jami 520 mln. so‘m kredit rasmiylashtirib, shuncha pulniyam «tuya qilvorgani» fosh etilgan.

Qayd etilgan holatlar bo‘yicha A.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, keyin to‘rt oyda ATB «Agrobank»ning Do‘stlik, Paxtakor (Jizzax viloyati), To‘raqo‘rg‘on (Namangan viloyati) va Gurlan (Xorazm viloyati) filiallari boshqaruvchilariga nisbatan imtiyozli kreditlar ajratishdagi «o‘yinlari» sabab jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgandi.

Mana, ularning safiga bankning yana bitta filiali rahbari qo‘shildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring