Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nishon tumanida 13 yoshli maktab o‘quvchisi 16 yosh o‘smirni pichoqladi

Nishon tumanida 13 yoshli maktab o‘quvchisi 16 yosh o‘smirni pichoqladi

Nishon tumanida 13 yoshli maktab o‘quvchisi 16 yoshli maktab o‘quvchisini pichoqlab, yaraladi. Voqea kecha — 2019 yil 4 yanvar kuni soat 12:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Bu haqda Muxbir.uz kanali xabar berib o‘tdi.

— 2006 yilda tug‘ilgan va ayni kunda Toshkent shahrida yashovchi A.B. tumandagi maktablarning birida o‘quvchi 2003 yilda tug‘ilgan o‘quvchi N.M. ni pichoqlab qo‘ygan, — deydi manba. — Hozirda pichoqlangan o‘quvchining ahvoli yaxshi.

Aytilishicha, 13 yoshli o‘quvchi 16 yoshli o‘quvchi bilan tortishib qolib, yonidagi pichoqni o‘quvchining orqa chap biqiniga urib, o‘pkasini shikastlagan.

Ushbu holat yuzasidan hozirda tegrov-surishtiruv jarayonlari ketmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring