Nodirbek Abdusattorov qancha mukofotga ega chiqishi ma’lum bo‘ldi

«World Fischer Random Chess Championship 2022» musobaqasida yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov «A» guruhida yetakchi sifatida yarim finalga yo‘l olgandi.
Kecha Nodirbek «V» guruhida 2-o‘rinni egallagan amerikalik Xikaru Nakamura bilan final masalasi uchun murosasiz o‘yinda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ikkinchi yarim finalda amaldagi jahon shaxmat toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsen rossiyalik Yan Nepomnyashiyga mag‘lub bo‘ldi.
Bugun, 30 noyabr kuni Nakamura va Nepomnyashiy Fischer Random yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi uchun dona sursa, Abdusattorov va Karlsen 3-o‘rin uchun kurashadi.
Chempionat g‘olibi 150 000, 2-o‘rin sohibi 85 000, 3-o‘rindan joy olgan shaxmatchi 55 000, 4-o‘rin bilan kifoyalangan shaxmatchi 40 000 AQSh dollari bilan mukofotlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter