Nodirbek Abdusattorov kuchli uchlikni ta’qib qilmoqda
O‘zbekistonlik 19 yoshli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov mart oyi yakunlari bo‘yicha FIDE reytingida (Elo reytingi) to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Nodirbek to‘plagan ochkolar — 2765, u amaldagi jahon chempioni, xitoylik Din Lijen (2762) va boshqa nomdor raqiblarini ortda qoldirdi.
Shaxmat qiroli — norvegiyalik Magnus Karlsen hisobida 2830 ochko bor. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda amerikaliklar — Hikaru Nakamura (2789) va Fabiano Karuana (2803).
Ma’lumotlarga ko‘ra, Nodirbekdan oldin eng yuqori reyting ochkolarini to‘plagan o‘zbekistonlik — jahon chempioni Rustam Qosimjonov hisoblanadi — 2715 ochko — 11-o‘rin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter