Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Yoqubboyevda oltin, Javohir Sindorovda bronza!

Nodirbek Yoqubboyevda oltin, Javohir Sindorovda bronza!

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha «Ramadan open» xalqaro turniri yakunlandi.

An’anaviy tarzda 27-marotaba tashkil etilgan hamda rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilgan ushbu musobaqada dunyoning 35 davlatidan 200 nafardan ortiq mahoratli shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surishdi.

Quvonarlisi, blits yo‘nalishida o‘tkazilgan turnirda hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinni egalladi hamda oltin medal va kubok bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yana bir xalqaro grossmeysterimiz Javohir Sindorov esa 3-o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ushbu xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindarovdan tashqari Nilufar Yoqubboyeva hamda Shaxnoza Sobirovalar himoya qilishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring