Nogiron bolalarni parvarishlovchi ota-onalarga nafaqa tayinlanadi
Prezidentning 17-fevral kuni qabul qilingan Farmoniga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimida yangi yondashuv joriy etilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.
Xususan, 2022-yilning aprel oyilan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarga tayinlanadigan nafaqalarning miqdorlari birxillashtirladi va yangi doimiy parvarishga muxtoj nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi shaxslarga yangi nafaqa joriy etiladi.
Birinchidan, oldingi tartibda nogironlik nafaqalari turlarining miqdorlarida keskin farqlanish mavjud bo‘lgan. Xususan, bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslarga 622 ming so‘m miqdorida nafaqa to‘lab berilgan. Ammo, hayot davomida nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga esa tayinlanadigan nafaqa miqdori 440 ming so‘mga teng bo‘lgan. Bunda ko‘rinib turibdiki, bir hil guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hayot davomida bir hil to‘sqinliklarga uchrasada, ularning daromad keltiruvchi faoliyatini yuritish imkoniyatlari bir hil cheklangan va sog‘lig‘i holatidan bir hil xarajatlar talab qilinsada ularga har xil miqdorda nafaqa to‘lab kelingan.
Endilikda esa, nogiron bo‘lib qolishi muddatidan qat’iy nazar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir hil miqdorda 622 ming so‘mga teng nafaqa tayinlanib boriladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga asosan 49 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun nafaqa 41 foizga oshadi. Mazkur chorani amalga oshirishga 2022-yilga qo‘shimcha 81 mlrd so‘m ajratiladi.
Ikkinchidan, tizimning ijtimoiy adolatliligini saqlab qolish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdoridan past bo‘lgan nogironlik pensiyalari miqdori 622 ming so‘mgacha yetkaziladi. Bunda, nogironlik pensiyasini oluvchi 133 ming shaxslarning pensiya miqdori o‘rtacha 29 foizga oshadi. Mazkur chorani amalga oshirishga 2022-yilda qo‘shimcha 140 mlrd so‘m Pensiya jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.
Uchinchidan, doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi ona(ota)larga minimal iste’mol xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorda (500 ming so‘m) nogiron bola parvarishi uchun yangi nafaqa joriy etilmoqda.
Yangi nafaqa joriy etilishi natijasida nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishlayotgan onalar kafolatlangan bazaviy daromad manbai bilan ta’minlanadilar.
Mazkur nafaqa Farmon bilan tasdiqlangan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxatidan kelib chiqib tayinlanadi. Natijada, dastlabki hisob-kitoblarga asosan 30 mingdan oshiq nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi onalar uchun davlat budjetidan 2022-yilda qo‘shimcha 157 mlrd so‘m ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter