«Nokia» siljuvchi kamerali va skaner ekranli smartfon chiqaradi
«HMD Global» kompaniyasi yangi «Nokia» flagman smartfoni ustida ish olib boryapti, qurilma shu yilning 31-avgustidan 1-sentyabrigacha bo‘lib o‘tadigan «IFA 2018» ko‘rgazmasida taqdim etilishi rejalashtirilgan, deb xabar beryapti «Astera.ru».
«WinFuture» jurnalistlari aniqlashicha, kompaniya laboratoriyalarida hozir «Nokia A1 Plus» ishchi nomi ostidagi model ustida ishlar qizg‘in ketmoqda.
Bu smartfonda siljuvchi kamera va ekran skaneri bo‘ladi. Qurilmaga «LG Display»ning gardishsiz OLED-ekrani o‘rnatilishi mumkin.
Smartfon «Qualcomm Snapdragon 845» protsessorida ishlaydi. Amaliy tizimi esa «Android 9.0 P»ga asoslanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter