Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nokia» smartfonlar savdosi bo‘yicha «Google»ni ortda qoldirdi

«Nokia» smartfonlar savdosi bo‘yicha «Google»ni ortda qoldirdi

2017-yilning to‘rtinchi choragida «Nokia» brendi ostida 4 milliondan ortiq smartfon sotildi.

Foto: «NV.ua»

«HMD Global» kompaniyasi 2017-yilning so‘nggi choragida «Nokia» brendidagi smartfonlardan 4 milliondan ortig‘ini sotdi. Ushbu ko‘rsatkich, «Sony», «Google» va «Meizu» brendlaridan yuqoridir, deb xabar berdi «NV.ua».

«Counterpoint» tahlil kompaniyasi vakillari ma’lum qilishicha, 2017-yilning to‘rtinchi choragida «HMD Global» kompaniyasi «Nokia» brendi ostidagi smartfonlardan 4 milliondan ortiq dona sotdi. Ekspertlar ma’lumotiga ko‘ra, bu kabi ko‘rsatkich bilan kompaniya dunyodagi smartfon bozorining 1 foizini egalladi va eng yirik ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatidan 11-o‘rinni band etdi.

«Nokia» Vetnam bozorida yetakchiga aylangan bo‘lsa, Buyuk Britaniyada uchinchi o‘rinni, Rossiyada beshinchi o‘rinni egalladi.

«HMD Global» kompaniyasi «HTC», «Sony», «Google», «Alcatel», «Lenovo», «OnePlus», «Gionee», «Meizu», «Coolpad» va «ASUS» kabi brendlardan ko‘ra ko‘proq gadjet sotgan. Masalan, «Google»da ushbu ko‘rsatkich 3,9 million donaga teng.

Shuningdek, ekspertlarning ta’kidlashicha, «HMD» kompaniyasi «Nokia»ning oddiy tugmali telefonlar segmentidagi pozitsiyasini tiklashga muvaffaq bo‘ldi, brendning dunyo bozoridagi ulushini 15 foizga yetkazdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring