Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nokian Tyres, Michelin... Avtoshina ishlab chiqaruvchilari Rossiyani tark etmoqda

Nokian Tyres, Michelin... Avtoshina ishlab chiqaruvchilari Rossiyani tark etmoqda

Foto: «Rosbalt»

Nokian Tyres (Finlyandiya) shinalar ishlab chiqaruvchisi Ukrainadagi vaziyat va Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalar tufayli Rossiyani tark etishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.

Kompaniya bayonotida ketish «nazoratli» bo‘lishi aytilgan, ya’ni kompaniya buyog‘iga AQSh va Finlyandiyadagi zavodlarini kuchaytirishni rejalashtirgan.

«Kommersant» yozishicha, Rossiyadagi biznesi fin kompaniyasining eng yirik aktivi edi, rus bozorini tark etish 300 mln yevrogacha yo‘qotishni anglatadi. Nokian Tyres kompaniyaning Rossiyadagi zavodlarida 1,6 ming nafar ishchi mehnat qilgan.

Bugun shinalar ishlab chiqaruvchi yana bir brend — Michelin (Fransiya) ham Rossiyadan chiqib ketishini, bu yerdagi aktivlarini mahalliy menejmentga topshirishini e’lon qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring