Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nomozboy» konining past bosimli quduqlaridan olinayotgan tabiiy gaz G‘uzor aholisiga beriladi

«Nomozboy» konining past bosimli quduqlaridan olinayotgan tabiiy gaz G‘uzor aholisiga beriladi

«Nomozboy» konining past bosimli 3-sonli qudug‘idan olinayotgan tabiiy gaz G‘uzor tumani aholisining ta’minoti uchun yo‘naltiriladi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan Qashqadaryo viloyatiga tashkil etilgan press-tur davomida ma’lumot berildi.

«Nomozboy» gaz kondensat konida 2014 yil avgust oyidan ish boshlangan. Kon o‘lchamlari: uzunligi - 4,8 km, eni - 3,5 km, balandligi - 198 m.

Hozirgi kunda kondagi ishlayotgan 5 ta quduqdan kunlik 50 ming m3 gaz va 1 tonna kondensat qazib olinmoqda.

«Nomozboy» gaz kondensat koni quduqlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz yig‘uv joyidagi separatorlarda tayyorlashdan o‘tkaziladi va Shimoliy G‘uzor konining 31 km.lik gaz quvuri bilan gazni separatsiyalash qurilmasiga uzatiladi.

Hozirgi kunda «Nomozboy» konining 3-sonli qudug‘idagi gaz mahsulotini G‘uzor tumani aholisining istemoliga berish yuzasidan «O‘ztransgaz» va «Hududgazta’minot» tomonidan ishlar olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring