Noqonuniy baliq ovlaganlar javobgarlikka tortildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, «Golden Fish Group» MChJ qo‘riqlash xizmati hamda viloyat ekopatrul xodimlari tomonidan navbatdagi monitoring va nazorat tadbirlari tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rtachirchiq tumanidagi «Tuyabo‘g‘iz» suv omborida bo‘lib o‘tgan reyd davomida noqonuniy ov qilish holatlari aniqlandi. Xususan, fuqaro M.N. taqiqlangan ov quroli yordamida 87 ta tovon baliq, 1 ta zog‘ora baliq, 5 ta ilonbosh, 16 ta oqsila (sudak), jami 109 ta baliq ovlagan. Natijada tabiatga 15 million 503 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. M.I. bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m (noyabr holatiga ko‘ra) miqdorida jarimaga tortildi. Huquqbuzar qilmishi uchun yetkazilgan zarar va belgilangan jarima — jami 18 million 803 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir davomida baliq ovlovchilarga noqonuniy usullar va taqiqlangan qurollar bilan ov qilmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter