Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Illyustrativ foto

«Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish» bo‘yicha Namunaviy uslubiyot Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur uslubiyot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, unda foydalaniladigan tadqiqot usullari hamda ilmiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosani tuzish va rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.

Ilmiy ekspertiza ilmiy ekspertizani o‘tkazuvchi tashkilotning malakali xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.

Ilmiy ekspertiza quyidagi tadqiqot usullaridan foydalangan holda o‘tkazilishi mumkin:

  • qiyosiy-huquqiy tahlil;
  • lingvistik tahlil;
  • tarixiy tahlil;
  • modellashtirish va vaziyatli tahlil;
  • intervyu olish;
  • «aqliy hujum»;
  • davra suhbati;
  • so‘rovnoma o‘tkazish.

Ilmiy ekspertiza natijalariga ko‘ra ekspert tomonidan quyidagi xulosalardan biri beriladi:

  • loyiha ilmiy asoslangan;
  • loyiha yetarli darajada ilmiy asoslanmagan;
  • loyiha ilmiy asoslanmagan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring