Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda «shahar ichida shahar» keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda «shahar ichida shahar» keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

28 va 29 iyun kunlari NRG kompaniyasi 60 gektardan ortiq maydonni egallaydigan va poytaxtdagi eng yirik loyihalardan biriga aylanishi kutilayotgan ulkan loyihaning birinchi bosqichi — NRG Yangi Baxt turar-joy majmuasining kalitlarini birinchi baxtli egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Bu loyiha — haqiqiy «shahar ichidagi shahar» bo‘lib, unda qulay va zamonaviy hayot uchun barcha qulayliklar hisobga olingan. Go‘zallik, osoyishtalik va yangilanish ramzi bo‘lgan, butun mavzening yuragi va diqqat markaziga aylangan Baxt ko‘li alohida o‘rin tutadi. Ilgari u ko‘pchilik uchun dam olish va ilhom manzili bo‘lib xizmat qilgan, bugungi kunda esa NRG loyihasi doirasida ko‘l o‘zining bu rolini — plyaj va obodonlashtirilgan qirg‘oq bilan qaytarib olmoqda. Bu yerda aholi shahardan chiqmasdan tabiatdan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega.

Turar joy majmuasi hududida bolalar bog‘chalari va maktablar, restoranlar, savdo-ko‘ngilochar markaz va odatda uzoq safarlarni talab qiladigan boshqa qulayliklar yaratiladi. Bu yerda hamma narsa qo‘l ostidangizda bo‘ladi. Tirbandlikdagi soatlar haqida unuting — Yangi Baxt’dagi hayot qulaylik va yaqinlik tamoyillari asosida quriladi.

NRG kompaniyasi o‘z majburiyatlarini to‘liq fidokorlik bilan bajarayotganini, loyihani ishonch va ko‘lam bilan rivojlantirishda davom etayotganini isbotladi. Turar joy majmuasining birinchi bosqichi topshirildi va 200 dan ortiq kalit egalarga berildi.

28 iyun kuni kechqurun turar joy majmuasi jozibadorlik markaziga aylandi — MC Yan, DJ BELLA, DJ NIKI CHINA, DJ ZOFF, DJ ZACKEE va DJ SAFRONOV’ning chiqishlari bilan ulkan Yangi Baxt Fest bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir shunchaki kalitlarni topshirish emas, balki butun mavzega ohang beradigan yangi shahar ritmining haqiqiy bayramiga aylandi.

NRG kompaniyasi yil oxirigacha Toshkent hududida yana to‘rtta turar joy majmuasini foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Har bir loyiha o‘ziga xos bo‘lib, yuzlab oilalar uchun yangi hayot va imkoniyatlarning ajralmas qismiga aylanadi.

NRG Yangi Baxt — bu katta hikoyaning boshlanishi bo‘lib, unda har kim shahar ritmini tark etmasdan va yo‘lga vaqt sarflamasdan o‘z qulay burchagini topishi mumkin. Bu — allaqachon yaqinlashayotgan kelajakdir.

Tafsilotlar uchun NRG savdo bo‘limiga murojaat qiling: 1060.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring