NUJga duch kelganda nima qilish kerak? Yapon harbiylariga ko‘rsatma berildi

Yaponiya harbiy uchuvchilari rahbariyatdan kutilmagan ko‘rsatma olishdi: unda noma’lum uchar jism (NUJ) yoki oddiy tilda aytganda «uchar likopcha»ga duch kelganda nima qilish kerakligi ko‘rsatilgan. Bu haqda kunchiqar mamlakatning NHK telekanali xabar berdi.
Ko‘rsatmaga ko‘ra, «uchar likopcha»ni ko‘rgan uchuvchi darhol qo‘mondonlikni boxabar etib, NUJni foto va videotasvirga olishi kerak. Bu hazil emas: ko‘rsatma Yaponiya mudofaa vaziri Taro Kano imzosi ostida barcha harbiy idoralarga tarqatilgan.
Hujjatda, xususan, NUJ yoki uchuvchisiz uchar jismni aniqlagan uchuvchi ob’yekt haqida darhol qo‘mondonlikka xabar berishi va uni kameralarda suratga olishi kerakligi ko‘rsatilgan. Bundan maqsad ob’yektning Yaponiya uchun qanchalik xavf tug‘dirishini tezkor baholash va tahlil qilishdir. Ta’kidlash kerakki, Taro Kano oldingi chiqishlarida mamlakat havo kuchlari uchuvchilari hali NUJlarga duch kelishmaganini, qolaversa, o‘zi ham «uchar likopchalar» borligiga ishonmasligini aytgandi. Ammo ehtimoliy holatlarga oldindan hozirlik ko‘rib qo‘yish ham zarar qilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter