Nukus «Orolga tashrif» xalqaro avtosayohat ishtirokchilarini qarshi oldi

Turizm qo‘mitasi tomonidan «SamAuto» hamda «Tegeta Motors» kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Orolga tashrif» xalqaro avtosayohat loyihasi ishtirokchilari Nukus shahrida qator tadbirlarda ishtirok etdi.
Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtokarvonga Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan yana o‘nlab ishtirokchilar qo‘shilgan holda jami 30 dan ortiq yo‘ltanlamaslar Nukus shahrida jamlanishdi.
Qoraqalpog‘iston poytaxtida joylashgan «Sahro Luvri» – Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi binosi oldida avtosayohat ishtirpokchilarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ishtirokchilar muzeyning oltin eksponatlari bilan tanishdilar.
Yo‘ltanlamas avtomobillar ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab fleshmoblar tashkil etildi.
Kechki dasturda Nukus shahri aholisi va shahar mehmonlari uchun estarada xonandalari ishtirokida konsert taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter