Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda kuchli qor yog‘moqda (foto)

Nukusda kuchli qor yog‘moqda (foto)

Foto: Transport vazirligi

Ob-havo sharoiti keskin o‘zgarib Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida qor yog‘moqda.

Transport vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, Nukus shahridagi umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasining fidoyi yo‘lchilari muzlamalar yuzaga kelishiga qarshi zarur choralarni ko‘rishmoqda.

Hozirda barcha texnika va maxsus brigadalar safarbar etilib, yo‘llarni qordan tozalash ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘lchilar tinmay mehnat qilishmoqda.

Vazirlik haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘rab, ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, zarurat bo‘lmaganda, tungi vaqtda transport vositasida harakatlanmaslikni tavsiya qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring