Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda o‘ziga xos mikroorganizm yetishtiradigan zavod haqida bilasizmi?

Nukusda o‘ziga xos mikroorganizm yetishtiradigan zavod haqida bilasizmi?

Qoraqalpog‘istondagi eng yirik loyihalardan biri (qiymati 12 mln dollar) bo‘lgan «Nukus» EIZ hududidagi «Sebu Artemia» MChJ faoliyati haqida artemiya yetishtiriladi.

«Xalqchil yondoshuv» loyihasi mualliflari ushbu korxonaga borib, uning faoliyati bo‘yicha reportaj tayyorladi. 

Artemiya — 1 sm uzunlikdagi qisqichbaqasimon mikroorganizm bo‘lib, uning muhim xususiyati tarkibidagi protein moddasi hisoblanadi. Asosan farmatsevtika, kosmetika sohasida qo‘llaniladi. Dunyo bozorida 1 kg artemiyaning narxi, sifatiga qarab, 50-100 dollar atrofida.

Mo‘ynoqdagi «Sebu Artemia» korxonasida ish quyidagi tartibda tashkil etiladi: Orol dengizidan qoplarda terib keltirilgan artemiyalar 72 soat davomida -18 gradusli omborxonada sovutiladi. Maxsus hovuzlarda yuvilgach, 1 soatda 2 tonnagacha mahsulotni quritish imkoniga ega uskunada quritiladi.

Korxona to‘liq quvvatda, muvaffaqiyatli ishga tushirilsa, O‘zbekiston artemiya yetishtirish bo‘yicha AQSh va Xitoydan keyin dunyoda uchinchi o‘ringa chiqadi. Prognozlarga ko‘ra, 3 yil ichida Qoraqalpog‘istonda artemiya eksporti yiliga 80 mln dollargacha yetadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring