Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda qaynota kelini va uning onasini qasddan urib o‘ldirdi

Nukusda qaynota kelini va uning onasini qasddan urib o‘ldirdi

Foto: Xabar.uz

Qoraqalpog‘istonda qaynota mudhish jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda respublika prokuraturasi xabar berdi.

Nukus tumanida yashovchi S.K.(ayol kishi) 10-iyun kuni qaynotasi Ye.S. bilan o‘zaro janjallashib, onasi Sh.K.ning uyiga arazlab ketib qolgan.

11.06.2022-yilda soat 14:00larda S.K. onasi Sh.K. va yangasi J.A. bilan birga qaynotasi Ye.S. bilan qolgan 2020-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan farzandini olib ketish uchun borgan vaqtida, o‘rtada kelib chiqqan janjal tufayli qaynotasi Ye.S. qo‘lidagi temir jism bilan S.K. va uning onasi Sh.K.larni urib qasddan o‘ldirgan.

Shundan keyin ular bilan birga kelgan fuqaro J.A.ning bosh va yuz qismlariga xamda tanasining boshqa joylariga bir necha marta o‘rib o‘ldirmoqchi bo‘lgan vaqtda J.A. voqea joyidan qochib yashirinib, og‘ir tan jarohatlari bilan Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Nukus tumani prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha JKning 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Ye.S. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqand viloyati, Urgut tumanida o‘z otasi bilan akasini qasddan o‘ldirgan shaxs haqida ham ma’lumot berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring