Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nukusga ketishda dahshatli YTH sodir bo‘ldi»

«Nukusga ketishda dahshatli YTH sodir bo‘ldi»

Foto: «YHXBB»

Ijtimoiy tarmoqda «Nukusga ketishda dahshatli YTH ro‘y berdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning 9-oktyabr kuni soat 16:30 larda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani Sarimoy qishlog‘i xududidan o‘tgan A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 523-kilometrida 1989- yilda tug‘ilgan haydovchi N.D. «Nexia» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, charchoq oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘l chetiga chiqib ag‘darilgan.

Natijada avtomobil yo‘lovchilari Q.X. va Z.U. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal’a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring