Nurafshonda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi
Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi Toshkent shahrida yashovchi fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, o‘z “xizmati” evaziga 2 ming AQSh dollari talab qiladi.
Hokim yordamchisi so‘ralgan pulni o‘zining tanishlari orqali olgan vaqtida DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.
Ta’kidlanishicha, u muqaddam bir necha marotaba sudlangan.
Voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter