Nursulton Nazarboyev shifoxonaga tushib qoldi
![Nursulton Nazarboyev shifoxonaga tushib qoldi](http://static.xabar.uz/crop/1/4/720_460_95_1443658774.jpg)
Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxt Ostonadagi shifoxonalardan biriga yotqizildi.
Shifokorlarning aytishicha, birinchi prezident yurak operatsiyasini o‘tkazadi.
Qozog‘istonlik media menejer Aleksandr Aksyutits operatsiya bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan:
«Mening manbalarim Nursulton Nazarboyevning Ostonadagi shifoxonalardan biriga yotqizilganini aytdi. U yurak bo‘yicha keng qamrovli tekshiruvdan o‘tadi. Tibbiyot xodimlarining aytishicha, jarrohlik amaliyoti ham bo‘lishi mumkin», — deb yozdi Aksyutits juma kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Nazarboyev hozir 82 yoshni qarshilagan. U 2019-yil hokimiyatni amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter