Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurxon Nafasov sudda yutib chiqdi

Nurxon Nafasov sudda yutib chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi raisligiga saylanib (2018-yil, may), to‘rt oydan so‘ng mojaroli tarzda vazifasidan ozod etilgan Nurxon Nafasov sudda yutib chiqdi.

Gap shundaki, N.Nafasov vazifasidan chetlatilishi ortidan «O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi(O‘KMF)ning tegishli yig‘ilish qarori va 27.09.2018-yildagi 1-sonli buyruqni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida» fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga murojaat qilgandi.

Nihoyat, sud mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha hal qiluv qarori chiqardi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasining 26.09.2018-yildagi yig‘ilish bayonnomasi va qarori haqiqiy emas, Nurxon Nafasovni federatsiya rahbarligidan ozod etish haqidagi buyruq esa g‘ayriqonuniy deb topildi.

Sudning mazkur hal qiluv qarori tashkilotning qonuniy rahbari N.Nafasov ekanini anglatadi.

N.Nafasov 1996-2006-yillar mobaynida federatsiyani muvaffaqiyatli boshqarib, qator yutuqlarga erishgan. O‘n ikki yillik tanaffusdan so‘ng o‘tgan yilning may oyida u yana O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi rahbarligiga saylangan edi. Voqealarning keyingi rivoji esa o‘quvchilarga ma’lum...

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Nurxon Nafasov karate bo‘yicha 6-DAN qora belbog‘ining Markaziy Osiyodagi yagona sohibi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring