OAV: AQSh Isroilning harakatlaridan tashvishga tushdi

Isroil armiyasi Suriya poytaxti Damashqqa zarbalar berdi, AQSh esa bundan tashvish bildirdi.
16-iyul kuni Tramp ma’muriyati Isroilni Suriyaga havo hujumlarini to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Axios nashri jurnalisti Barak Ravidga ismini oshkor etmagan amerikalik rasmiylar ma’lum qildi.
“Chorshanba kuni Tramp ma’muriyati yana Isroildan Suriyaga havo hujumlarini to‘xtatishni va Damashq rasmiylari bilan keskinlikni pasaytirish uchun muloqot boshlashni so‘radi”, — deb yozdi jurnalist X ijtimoiy tarmog‘ida. U bu so‘rov Isroilning bugungi hujumlaridan oldin yoki keyin olinganiga aniqlik kiritmadi.
15-iyul kuni Isroil armiyasi Suriya zirhli texnikasiga, 16-iyulda esa Suriya Qurolli kuchlari Bosh shtab binosiga va mamlakat prezidenti saroyi yonida joylashgan harbiy obektga zarba berdi. Hujumlar bir kun avval Suriya hukumat kuchlari kiritilgan As-Suvayda viloyatida yashovchi druzlar himoyasi bilan izohlanmoqda.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, Amerika tomoni sodir bo‘layotgan voqealardan xavotirda va mojaro tomonlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter