OAV: NATO yetakchi davlatlari Rossiyani qattiq ogohlantirdi
AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiyani Ukrainada taktik yadro quroli qo‘llasa, qaqshatqich javob zarbasi haqida ogohlantirgan.
Bu haqda «Financial Times» G‘arb davlatlari va Rossiyadagi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Gazetaning ta’kidlashicha, ogohlantirishdan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha oy davomida o‘z nutqida taktik yadro qurolini tilga olmagan.
Kremlga yaqin bo‘lgan FT manbalariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi bu rus armiyasiga ustunlik bermasligi, balki jang maydonini faqat «taqir cho‘l»ga aylantiradi, degan xulosaga kelgan.
Materialda Putin iyun oyida Rossiya hududiy yaxlitligiga tahdid tug‘ilgan taqdirda yadro qurolidan foydalanishga qaror qilishi mumkinligi, ammo hozir bu zarur emasligi qayd etilgan.
Shuningdek, XXR raisi Si Szinpin ham Putinni yadro quroli bo‘yicha ogohlantirilgani aytildi, ammo Kreml buni tasdiqlamadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter