Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Putin Zelenskiyga ajabtovur taklif bilan chiqdi

OAV: Putin Zelenskiyga ajabtovur taklif bilan chiqdi

Foto: Delfi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga Moskvada uchrashishni taklif etgan. Bu haqda AFP xabar berdi

Muzokaralarga yaqin manbaning aytishicha, Vladimir Putin Zelenskiyni Donald Tramp bilan telefon muloqoti chog‘ida uchrashish uchun Moskvaga taklif etgan. 

Ukraina tomoni hozircha bu ma’lumotni izohlamadi. 

Davlat kotibi Marko Rubioga ko‘ra, Putin Zelenskiy bilan uchrashuvga qarshi emas. Biroq, Kreml muzokaralarda Moskva va Kiyev vakillari darajasini oshirish g‘oyasi muhokama qilinganini aytmoqda, Rossiya prezidentining Ukraina bilan uchrashishga tayyorligini na inkor etyapti, na tasdiqlayapti.

Ehtimoliy uchrashuv joylari sifatida Rim, Jeneva kabi variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Hatto Shveysariya Putin Jenevaga kelsa hibsga olinmasligi haqida bayonot berdi. Shveysariya Xalqaro jinoiy sud yuridiksiyasida hisoblanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring