Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Si Szinpin Tramp oldiga qiyin talab qo‘ydi

OAV: Si Szinpin Tramp oldiga qiyin talab qo‘ydi

Xitoy rahbari Si Szinpin AQSh bilan savdo shartnomasini tuzish shartini qo‘ydi: u prezident Donald Trampdan Tayvan mustaqilligini rasman rad etishni talab qildi.

Bu haqda The Wall Street Journal ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralardan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, Xitoy rahbari savdo muzokaralaridan Amerika prezidentiga bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanmoqchi. Xitoy Qo‘shma Shtatlardan Bayden ma’muriyati davrida bo‘lgani kabi, Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashdan shunchaki o‘zini tiyishini emas, balki bu masalaga qarshiligini rasman e’lon qilishini istaydi. 

Manbaning tushuntirishicha, Pekin hozirda savdo kelishuvini davom ettirish va rasmiylashtirish sharti sifatida Vashingtondan aniq siyosiy bayonot berishni talab qilmoqda.

Ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan APEC sammitida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring