Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Ukraina Kurskda katta hujum boshladi

OAV: Ukraina Kurskda katta hujum boshladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi keng ko‘lamli hujumi haqida xabar berdi. 

Rossiya harbiy departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 6-fevral kuni ertalab Ukraina Qurolli kuchlari Cherkasskaya Konopelka va Ulanok aholi punktlari yo‘nalishida «aksil-hujum harakatlarini o‘tkazishga urinishgan». Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Ukraina harbiylari hujumga zirhli texnikaga ega ikkitagacha mexanizatsiyalashgan batalonni joylashtirgan.

Departament tilga olgan aholi punktlari o‘tgan yildan beri Ukraina Qurolli kuchlari nazoratida bo‘lgan tuman markazi, Sudja shahridan bir necha kilometr janubi-sharqda joylashgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham bu yo‘nalishda Ukraina Qurolli kuchlarining katta yo‘qotishlari haqida xabar bermoqda.

Avvalroq Z-kanallar va Rossiyaning «urush muxbirlari» Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi keng ko‘lamli hujumi haqida yozishgan edi. Sudjaning janubi-sharqida shiddatli janglar ketayotgani iddao qilinmoqda.

Ukraina qo‘mondonligi Kursk viloyatidagi hujum haqidagi xabarlarga hozircha izoh bermadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring