Obid Asomovning qayerga dafn etilishi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum Obid Asomov «Kamolon» qabristonida dafn etiladi. Bu haqda «O‘zbekkino» MA matbuot xizmati xabar berdi.
«Marhum qiziqchi va aktyor Obid Asomov 2018-yilning 15 dekabr kuni soat 12:00 da o‘z uyidan so‘nggi manzilga kuzatiladi. Janoza namozi 13:00 da Toshkent shahri «Kamolon» masjidida o‘qiladi», - deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Obid Asomov bugun, 14 dekabr kuni 55 yoshida o‘tkir yurak infarkti sabab hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter