«Obod qishloq»dan «Obod mahalla»ga navbat keldi

Bugun, 28-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent xalqaro Vestminstr universiteti hamkorligida «O‘zbekiston Respublikasining Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada Rossiya Federatsiyasi, Markaziy Osiyo va xorijiy mamlakatlarning taniqli iqtisodchi olimlari, xususan, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Fanlar akademiyasining akademiklari, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Indoneziyadan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari va iqtisodchi olimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus va xorijiy kompaniyalar vakillari hamda Fanlar akademiyasining iqtisodiyot sohasidagi akademiklari, ilmiy-tadqiqot institutlari rektorlari, amaliyotchi mutaxassislar hamda nufuzli oliy ta’lim muassasalarining rektorlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
— Keyingi o‘n yillikdagi eng katta muammomiz mehnatga layoqatli aholi sonining haddan ortiq balandligi va unga yarasha ish o‘rinlari yaratilmagani bo‘ldi, — deya ta’kidladi anjumanda so‘zga chiqqan Iqtisodiyot vaziri B.Xo‘jayev.

Ammo bu holatni yaxshilash mumkinligi va bu masala bo‘yicha ish olib borilayotganini ta’kidlar ekan, vazir «30 ta shaharda xuddi 5 yillik «Obod qishloq» dasturiga o‘xshash «Obod mahalla» dasturi ishga tushganini ta’kidladi. Qiymati 12-13 trillionni tashkil etadi.
«Obod mahalla» dasturi doirasida Toshkent shahar Olmazor tumani 2-sektor rahbari, tuman prokurori D.Zufarov Oltinsoy MFYda obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter