Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odam savdosida ayblangan "Sonya" O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Odam savdosida ayblangan

Foto: Istanbul konsulxonasi.

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan Raxmatova Sanobar (1974-yilda tug‘ilgan, “Sonya” laqabi bilan tanilgan) O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi. 

U 2013–2015-yillarda Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, Qozog‘iston orqali Tailandga olib borib fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh tarkibida faol ishtirok etganlikda ayblangan. 

"Mazkur shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tizimlariga, shuningdek, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqiramiz", deyiladi konsulxona xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring