Odamlar tadqiqot markazidan qochgan maymunlardan uzoqroq bo‘lishga chaqirildi
Yemassi (Janubiy Karolina, AQSh) aholisi tadqiqot markazidan qochib ketgan maymunlarga duch kelishlari mumkinligidan ogohlantirildi.
«Alpha Genesis» tadqiqot markazidan 43 ta makaka qochib ketgani xuddi shunday noodatiy ogohlantirishga sabab bo‘lgan. Bular taxminan uch kilogramm og‘irlikdagi yosh maymunlar bo‘lib, politsiya hozir ularni jonkuyarlik bilan qidirmoqda. Ularni tutish uchun ko‘plab tuzoqlar o‘rnatilgan va rasmiylar hayvonlar tez orada qo‘lga olinishiga umid qilmoqda. Tadqiqot markazi mutaxassislarining ta’kidlashicha, ular juda yosh bo‘lgani sababli, bu hayvonlar ustida hali hech qanday tajriba o‘tkazilmagan.
Ayni paytda mahalliy aholiga deraza va eshiklarini berkitib qo‘yish, shuningdek, agar ular tasodifan yo‘lidan chiqqan makakalarga yaqinlashmaslik tavsiya etiladi. Hayvonlar juda hurkak va agar kimdir ularni cho‘chitib yuborsa, qo‘lga olish juda qiyin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter