Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oddiy maktablardan deyarli farq qilmaydi» — 655 ta ixtisoslashgan maktab tanqid qilindi

«Oddiy maktablardan deyarli farq qilmaydi» — 655 ta ixtisoslashgan maktab tanqid qilindi

Foto: «Huquqburch.uz»

Bugun bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tahlil qilar ekan, hozirgi kunda xalq ta’limi tizimida ixtisoslashgan maktablar soni 790 taga yetganini ta’kidladi.

Jumladan, xorijiy tillar bo‘yicha 207 ta, matematika va fizika bo‘yicha 126 ta, IT bo‘yicha 99 ta, kimyo-biologiya fanlari bo‘yicha 87 ta maktab.

Ushbu maktablarning faqat 135 tasi to‘liq ixtisoslashgan va internat maqomiga ega. Qolgan 655 ta maktabdagi 25 foiz sinflarda u yoki bu fanlar chuqur o‘rgatiladi.

«Shu bilan birga, ushbu 655 ta ixtisoslashgan maktabda ta’lim dasturi, o‘quv darsliklari, o‘qitish metodikasi, fan to‘garaklari oddiy maktablardan deyarli farq qilmaydi.

Misol uchun, matematika yoki chet tiliga ixtisoslashgan sinflarda qolganlarga nisbatan 2 soat ko‘proq maxsus fan o‘tiladi, xolos», — dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring