«Odobnoma»ga o‘xshagan 4 ta fan bitta fanga aylantiriladi — prezident
Maktablardagi “Milliy g‘oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg‘usi” kabi fanlar birlashtirilib, yagona “Tarbiya” fani joriy qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni o‘tgan yig‘ilishda aytgan.
“Moddiy va ma’naviy hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Maktab ta’limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”, degan davlat rahbari.
Shuningdek, maktablarga buyuk allomalar, davlat va siyosat arboblari, mashhur sarkardalarning nomlari beriladi.
Maktab hayoti, fidoyi o‘qituvchilar haqida badiiy va hujjatli filmlar, spektakl va videoroliklar yaratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter