Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘FA bir necha hakamlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

O‘FA bir necha hakamlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Professional futbol ligasining 2025-yilning 9-yanvarida yuborgan 01/10-sonli xatiga asosan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Aziz Asimov, Rahim Karimov, Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarovlarning sport musobaqalari natijalariga ta’sir o‘tkazishga aloqadorligi to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.

O‘FA Etika qo‘mitasiga taqdim etilgan hujjatlarga asoslanib, qo‘mita tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi sobiq hakamlari Aziz Asimov va Rahim Karimovlar faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun o‘z arizalariga ko‘ra hakamlik faoliyati tugatilgani, shuningdek, faoliyatida texnik xatolarga yo‘l qo‘ygan hakamlar Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarov esa hakamlik faoliyatidan ma’lum muddatga chetlashtirilganligi aniqlandi.

O‘FA Maxsus inspeksiyasi tomonidan nomlari yuqorida keltirilgan hakamlar bilan profilaktik va tushuntirish ishlari olib borilgan hamda ular o‘z faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini to‘liq tushunib yetganlar. Shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bu kabi holatlarni oldini olishi bo‘yicha barcha imkoniyatlarini ishga solishini bildirib o‘tganlar.

Etika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarovlarga nisbatan vaqtinchalik O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan Superliga, Proliga, Birinchi liga, O‘zbekiston kubogi va Superkubogi kabi musobaqalarda faoliyat olib borishga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar (chetlatishlar) muddati tugaganligi bois, ularning hakamlik faoliyatini qayta tiklanishi ta’minlanishi bo‘yicha qaror chiqarildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring