Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OFK Eldor Shomurodovni e’tirof etdi

OFK Eldor Shomurodovni e’tirof etdi

OFK rasmiy sayti bu mavsum Yevropada o‘zini ko‘rsatgan osiyolik futbolchilar haqida maqola chop etdi.

Ushbu maqolada 6 nafar futbolchiga alohida e’tibor qaratildi va ular orasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bor. Sayt Shomurodov haqida shunday yozgan:

«Yevropada beshinchi mavsumini o‘tkazgan Eldor Shomurodov yil bo‘yi muxlislar diqqat markazida bo‘ldi. 2020-yil Italiyaga ko‘chib o‘tgan mohir hujumchi A seriyada harakat qilgan Ilyos Zeytullayevdan so‘ng ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi.

Uning «Jenoa»dagi o‘yinlari «Roma» ustozi Joze Mourinoni o‘ziga tortdi va Eldor Rimga yo‘l oldi. 27 yoshli futbolchi garchi Roma safida kam maydonga tushgan bo‘lsa-da, har holda mavsum mobaynida 39ta uchrashuv o‘tkazib, 5ta gol urdi va 6ta golga hammualliflik qildi. U UYeFA musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan dastlabki o‘zbek futbolchisi bo‘ldi».

Mazkur ro‘yxatdan shuningdek, Daichi Kamada (Yaponiya - «Ayntraxt» (Germaniya), Son Xyong Min (Janubiy Koreya - «Tottenxem» (Angliya), Mehdi Taremi (Eron - «Portu» (Portugaliya), Aydin Xrustich (Avstraliya - «Ayntraxt» (Germaniya) va Kyogo Furuxashi (Yaponiya - «Seltik» (Shotlandiya) kabi futbolchilar ham joy olgan.

Shomurodov Konferensiyalar ligasi rekordchisi bo‘lgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring