Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘gay ukaga taklifnoma yo‘q

O‘gay ukaga taklifnoma yo‘q

Foto:«Hello Magazine»

Eng shov-shuvli to‘y shu yil 19-may kuni bo‘lib o‘tishi kutilayapti. Gap shundaki, Angliya shahzodasi Harri bilan AQShlik aktrisa Megan Marklning to‘yi Londonda o‘tkaziladi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

To‘yga taklif qilingan 600 nafar mehmon orasida kelinning o‘gay ukasi Tomas Markl yo‘q. O‘gay uka shahzoda Harriga yozgan maktubida: «Megan Markl sizga munosib emas. To‘yni bekor qiling», – degan.

Shahzoda o‘gay ukaning maktubini «In Touch» jurnalida chop ettirdi.

«Agar to‘y bo‘lsa, bu qirollik oilasidagi eng katta xatodir», – deydi Tomas Markl.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring