Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘g‘ri o‘zining o‘g‘li bo‘lib chiqdi

O‘g‘ri o‘zining o‘g‘li bo‘lib chiqdi

Foto: IIV

2021-yil 15-mart kuni Namangan shahrida yashovchi 1963-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Shu yil 15-mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs xonadonida bo‘lgan temir seyf ichidagi 200 AQSh dollari, 2.058.000 so‘m pullari va umumiy narxi 1.300.000 so‘mlik 2 dona tilla uzuk hamda bir juft tilla baldoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB katta tezkor vakillari  tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni birga yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan o‘g‘li sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 18-mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb yozadi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring