Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda ham hokim almashdi

Ohangaronda ham hokim almashdi

Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sessiya ishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi faollar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Tursunov O‘ktam Mingboyevich boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Turdiboyev Abduvohid To‘xtaboyevich bugundan e’tiboran Ohangaron tumani hokimi lavozimida ish boshladi.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi sho‘’ba mudiri Abdulla Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov ishtirok etdi.

Avvalroq Quyi Chirchiq tumanida hokim, prokuror va soliq rahbari almashgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring