Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oksford va Kembrij Britaniyaning eng nufuzli universitetlari kuchli uchligiga kiritilmadi

Oksford va Kembrij Britaniyaning eng nufuzli universitetlari kuchli uchligiga kiritilmadi

Foto: Renewed Learning Asia

Buyuk Britaniyaning eng qadimiy va nufuzli universitetlari — Oksford va Kembrij 1993-yildan buyon ilk marotaba The Times va The Sunday Times tomonidan tuziladigan Good University Guide reytingi kuchli uchligiga kiritilmadi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

London iqtisodiyot maktabi (LSE) qatorasiga ikkinchi yil Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi oliy o‘quv yurti deya e’tirof etildi.

Ikkinchi o‘rin Shotlandiyaning eng ko‘hna Sent-Endryus universitetiga berildi. O‘tgan yili beshinchi o‘rinni egallagan Darem universiteti uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Oksbrij (Oxbridge) — Oksford va Kembrij reytingning to‘rtinchi qatoriga joylashtirildi.

Darem universiteti tahsil berish va tadqiqotlar ko‘lami, talabalarni qanoatlantish va bitiruvchilarning natijalari bo‘yicha ko‘plab raqobatchilarni ortda qoldirdi. Universitet bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha umumiy reytingda 6-o‘rinni egallagan London Imperial kollejidan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring