Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oksforddan O‘zbekistonga: o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganish uchun yangi ko‘prik

Oksforddan O‘zbekistonga: o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganish uchun yangi ko‘prik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 2025-yil oktyabr oyida Oksford universitetiga tashrif buyurib, mazkur nufuzli dargohda O‘zbekshunoslik dasturining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etgan edi.

Oksfordning Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakultetida o‘zbek va qadimgi o‘zbek tillarining o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikda muhim qadam bo‘ldi.

Endi ushbu tashabbusning amaliy davomi sifatida Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab tashkil etildi. Bugun ushbu muhim ta’limiy loyihaga start berildi!

Bir oy davomida Oksford talabalari o‘zbek tilini bevosita til muhitida o‘rganish, milliy madaniyatimiz va O‘zbekistonning boy tarixi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Dastur doirasida Toshkent, Samarqand va Buxoroga safarlar, o‘zbek tili darslari, madaniy tadbirlar va turli ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

Eng muhimi, bu Yozgi maktab — O‘zbekiston va dunyo yoshlari o‘rtasida yangi bilim, do‘stlik va muloqot ko‘priklarini barpo etishga xizmat qiladi.

O‘zbek tili — endi Oksford auditoriyalarida. O‘zbekiston esa Oksford talabalari uchun jonli muloqot maydoniga aylanmoqda!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring