«O‘lim marafoni»: Kardiffda ikki nafar sportchi halok bo‘ldi
Uelsning Kardiff shahrida o‘tkazilgan 15-yubiley yarim marafoni fojiaga aylandi. Ikki nafar sportchi 21 kilometrdan ortiq masofani bosib, finish chizig‘ini kesib o‘tib yiqilgan. «The Sun» nashrining yozishicha ularning ikkalasida ham yurak to‘xtab qolishi qayd etilgan.
Yuguruvchilardan biri xotini va bir yashar farzandi ko‘z o‘ngida yiqilgan, ikkinchi sportchi esa tanish qizi bilan birga finishga yetib kelgan. Har ikki sportchi Uels universiteti gospitaliga olib ketilgan va vrachlar ularning o‘limini qayd etgan.
Kardiff yarim marafonida 25 ming kishi qatnashdi. Erkaklar o‘rtasida eng yaxshi natijani (bir soat, bir daqiqa va bir soniya) avstraliyalik Jek Rayner, ayollar o‘rtasida esa bu masofani bir soatu to‘qqiz daqiqa va 45 soniyada ortda qoldirgan ugandalik Julet Chekuel ko‘rsatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter