Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar aqli zaiflikdan asrovchi mahsulotni aniqlashdi

Olimlar aqli zaiflikdan asrovchi mahsulotni aniqlashdi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Har kuni zaytun yog‘ini iste’mol qilish orqali kognitiv funksiyalarni sezilarli darajada yaxshilashga erishish mumkin. Bu haqda Salonikidagi Arastu universiteti va Gretsiyadagi Alsgeymer kasalligi va u bilan bog‘liq buzilishlar assotsiatsiyasi olimlari ma’lum qilishdi. Ularning maqolasi «Journal of Alzheimerʼs Disease»da chop etildi.

Tadqiqotchilar bir yil davomida uchta guruhdagi odamlarni kuzatishib, ularning taomnomasini taqqoslab borishdi. Birinchi guruh O‘rta yer dengizi sog‘lom parheziga amal qilishdi. Ikkinchi guruh muntazam ravishda toza zaytun yog‘ini iste’mol qilishdi (kuniga 50 ml). Uchinchi guruh tarkibida polifenol bo‘lgan zaytun yog‘ini qabul qilishdi (kuniga 50 ml).

Tadqiqot natijasida ma’lum bo‘lishicha, taomnomasiga zaytun yog‘i kiritilgan ikkinchi va uchinchi guruhdagi odamlarda Alsgeymer markerlari yaxshilanishi kuzatilgan. Birinchi guruhdagi tadqiqot ishtirokchilarining ko‘rsatkichlari esa o‘zgarmay qolgan yoki yomonlashgan.

Tadqiqotni o‘tkazgandan so‘ng olimlar tarkibida polifenol ko‘p bo‘lgan zaytun yog‘i Alsgeymer kasalligining dastlabki bosqichi hisoblanmish yengil kognitiv buzilishdan qiynalayotgan keksa yoshdagi kishilar uchun terapevtik vosita hisoblanadi, degan xulosaga kelishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring