Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar inson qarishining uch bosqichini aniqladilar

Olimlar inson qarishining uch bosqichini aniqladilar

Foto: «Ria.ru»

AQShda Stenford universiteti tadqiqotchilari odam organizmida kunlik qarish haqidagi tushuncha ustida bahslashib, tana sezilarli o‘zgaradigan yoshga oid uchta nuqta haqida ma’lum qilishdi. Bu haqda «Focus» nashri xabar bermoqda.

Olimlar 18 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan 4263 kishining qon plazmasini tekshirdilar. Uch mingga yaqin turli xil oqsillarni o‘rganib chiqib, ularning nisbati o‘nlab yillar davomida o‘zgarmagan degan xulosaga kelishdi. Biroq 34, 60 va 78 yoshdagi kishilarning oqsil darajasida sezilarli o‘zgarishlar aniqlandi.

Umuman olganda, ushbu tebranishlar organizmdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deyiladi tadqiqotda. Oqsillar yoki qon tarkibi qarishga qanday ta’sir ko‘rsatishi hali noma’lum. Biroq sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yoshlardan kattalarga qon quyish ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring